O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi

Министерство по делам культуры и спорта

Информация по обращениям физических и юридических лиц,

поступивших в виртуальную приёмную Премьер-министра Республики Узбекистан

(на 20 октября 2016 года)

 

Содержание обращений

Поступило

На рассмотрении

Рассмотрено

Нарушены сроки рассмотрения

Направлены

на повторное рассмотрение *

Новые **

шт.

в том числе, повторно

1.

О деятельности спортивных клубов и спортивных федераций

50

 

9

41

1

 

 

2.

Вопросы занятости и трудовых отношений

32

1

16

16

2

2

 

3.

О поступлении или восстановлении на учебе

20

 

10

10

3

2

 

4.

О развитии вида спорта, проведении соревнования, выделении средств на соревнования

15

 

8

7

 

 

 

5.

Невыплата зарплаты

11

 

9

2

1

 

 

6.

Прочее

101

1

38

63

3

1

 

 

Всего

229

2

90

139

10

5

 

Yulduzlarga savolingiz bormi?


    RAHBARIYAT

    AXMEDOV BAXODIR MADJITOVICH

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri

    • Qabul kuni: har juma kuni soat 14.00dan 16.00gacha
    • Email: minister[at]mcs.uz
    • Telefon: 2398331
    • Faks: 2394786
    • Axmedov Baxodir Madjitovich 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
    • Oilali. To'rt farzandning otasi.
    • 1996 yil Toshkent elektrotexnika va aloqa institutini, 2007 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
    • 1994-1996 yy. - "Toshto‘qimash” zavodi ansambli rahbari
    • 1996-1999 yy. - "Bahodir” prodyusserlik markazi rahbari
    • 1999-2000 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi qoshidagi "Kamalak” sho‘’ba korxonasi ansambli badiiy rahbari
    • 2000-2001 yy. - Olmazor tuman "Shodlik” madaniyat uyi rahbari
    • 2001-2005 yy. - Olmazor tumani hokimligi madaniyat ishlari bo‘limi mudiri
    • 2005-2008 yy. - Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
    • 2008-2010 yy. - Toshkent viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i 
    • 2010-2013 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari
    • 2013-2014 yy. - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi o‘rinbosari
    • 2014-2015 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazri o‘rinbosari –  "O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori, Madaniyat va sport ishlari vaziri v.v.b.
    • 2015 yil 1 iyundan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri lavozimiga tayinlangan.

    Vazirning asosiy funksiyalari va vazifalari:

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014 yil 14 martdagi PQ-2146-son qaroriga asosan
    Vazir vazir o‘rinbosarlari, Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi, Ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi, Iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi, Ta’lim muassasalari boshqarmasi, Kadrlar boshqarmasi, Markaziy buxgalteriya, Yurist-maslahatchi, Ishlar boshqarmasi, Axborot-tahlil va matbuot xizmati boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, "Sertifikatlash va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasi, "Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali direksiyasi ishini bevosita muvofiqlashtiradi.
    Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 5 apreldagi 96-son qaroriga muvofiq
    • Vazirlik faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
    • zarurat bo‘lganda, Vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi, shuningdek Vazirlik markaziy apparati, Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar va muassasalar shtat jadvalini, shuningdek xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
    • Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va muassasalar nizomlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
    • Vazirlikning markaziy apparati xodimlarini, hududiy bo‘linmalar, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
    • Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


     

    DJALALOV FATIX XAMITOVICH

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining madaniyat ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
    • Qabul kuni: har payshanba kuni soat 14.00dan 16.00gacha
    • Email: f.djalalov[at]mcs.uz
    • Telefon: 2394008
    • Faks: 2394008

    • Djalalov Fatix Xamitovich 1963 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
    • Oilali. Besh farzandning otasi.
    • 1984 yil Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tamomlagan.
    • 1984-1984 yy. - Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti "Teatr va kino aktyori mahorati” kafedrasi o‘qituvchisi  

    • 1984-1986 yy. - Harbiy xizmatda 
    • 1986-1988 yy. - Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti "Qo‘g‘irchoq aktyori mahorati”kafedrasi o‘qituvchisi 

    • 1988-2002 yy. - O‘zbek milliy akademik drama teatri rejissyor assistenti, 1-toifali aktyori, truppa boshlig‘i

    • 2002-2007 yy. - "O‘zbekfilm” ochiq aksiyadorlik jamiyatining 1-toifali kinorejissyori, kartina direktori 

    • 2007-2008 yy. - O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi "O′zbektelefilm” davlat unitar korxonasi direktor o‘rinbosari, vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi 

    • 2008-2011 yy. - O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi "O′zbektelefilm”davlat unitar korxonasi direktori 

    • 2011-2012 yy. - Madaniyat va sport ishlari vazirligi Teatrlar va tomosha muassasalari ishlari boshqarmasi boshlig‘i 

    • 2012 yil O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining madaniyat ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 

    • O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist.

    Vazirning madaniyat ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari:

    • Teatrlar va tomosha muassasalari ishlari boshqarmasi, "O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, "O‘zbeksirk” respublika birlashmasi, "Guliston”, "Teatr” va "Moziydan sado” jurnallari tahririyatlari ishini muvofiqlashtiradi hamda ularda ishning samarali tashkil etilishi, mehnat va ijro intizomlariga amal qilinishini nazorat qiladi;
    • xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyatini, xalq an’analari va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish, uyg‘un kamol topgan shaxslarni tarbiyalash, ana shu borada xizmat qiladigan zamon qaxramonlari obrazlarini yaratish, mamlakat miqiyosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlarini sahna asarlari orqali yuksak badiiy talqin qilish, shuningdek, qo‘g‘irchoq teatrlarining badiiy darajasini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
    • milliy istiqlol g‘oyasidan, O‘zbekiston xalqining madaniy va ma’naviy-axloqiy an’analaridan kelib chiqqan holda madaniy-ma’rifiy tadbirlar orqali odamlarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirishni tashkil qiladi;
    • teatr, sirk san’atini yanada rivojlantirish, ularning g‘oyaviy-badiiy va ma’naviy saviyasini oshirish hamda xalq tarixining eng yorqin sahifalarini va uning hozirgi hayotini, mamlakatning erkin demokratik taraqqiyotini yoritib beradigan asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama ko‘maklashadi;
    • madaniy-ommaviy va bayram tadbirlarining chuqur g‘oyaviy mazmun bilan boyitilishini ta’minlash, respublikaning ijodiy uyushmalari va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ijodkor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z talant va iste’dodlarini to‘la namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
    • turar joylar va mahallalarda madaniy-ma’rifiy faoliyatni tashkil qilishda davlat va jamoat tashkilotlari, o‘quv yurtlari, mahalliy hokimiyat organlari bilan faol hamkorlik qiladi va ularga ko‘maklashadi;
    • qonun hujjatlariga muvofiq davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, konferentsiyalar, ko‘rgazmalar o‘tkazish, madaniyat va san’at sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish ishlarini tashkil qiladi;
    • teatr va sirklar moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan eng yuqori darajada to‘liq va samarali foydalanishni ta’minlaydi;
    • tegishli tashkilotlar bilan ommabop madaniy-ma’rifiy dasturlarini keng targ‘ib qilish, shuningdek, sohaga doir ommabop adabiyotlarni chop etish hamda video va kino materiallar chiqarishni qonun hujjatlariga muvofiq tashkil qiladi;
    • qonun hujjatlariga muvofiq madaniy hamkorlik bo‘yicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqish, qabul qilingan xalqaro bitimlarning bajarilishini ta’minlashda ishtirok etadi;
    • dramatik, musiqali, musiqali-dramatik asarlar yaratishga davlat buyurtmalarini amalga oshirilishini tashkil qiladi;
    • o‘rnatilgan tartibda tegishli ijodiy jamoalar, madaniyat, san’at mutaxassislarini, arboblarini, boshqa vakillarni xalqaro tanlovlar, festivallar, musobaqalarda va chet ellardagi boshqa tadbirlarda qatnashish uchun tayyorlashni, jo‘natishni va qabul qilinishni ta’minlanishini tashkil qiladi;
    • respublikada madaniyat sohasini rivojlantirishning ahvoli monitoringini amalga oshiradi, mamlakatda madaniyat rivojlantirishga doir har yillik prognozlarni shakllantiradi;
    • jahon ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari, xorijiy mamlakatlarda madaniyatni rivojlantirishning ilg‘or tajribasi umumlashtirilishini, ushbu yutuqlarning tarmoqda joriy etilishini ta’minlashni tashkil qiladi;
    • manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda madaniyat sohasida ilmiy tadqiqotlar rivojlanishiga, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlarning olib borilishini muvofiqlashtiradi;
    • madaniyat rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni, madaniyat sohasiga taalluqli dasturiy-metodik va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlatish, ularning to‘g‘ri bajarilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
    • davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda madaniyat arboblarini va boshqa mutaxassislarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;
    • aholining keng qatlamlari o‘rtasida madaniy tadbirlar tashkil etish va o‘tkazishda mamlakatning davlat va jamoat tashkilotlariga ko‘maklashadi;
    • vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilish monitoringini olib boradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
    • mutasaddiligidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda va ularni axborot bilan ta’minlash, maslahat berish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda hamda boshqa yordam turlarini ko‘rsatishda ularga ko‘maklashadi;
    • mutasaddiligidagi boshqarma va tashkilotlar ish rejalarining bajarilishini nazorat qiladi hamda ularning faoliyati bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqadi, ularni kadrlar bilan mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish hamda xizmat vazifasini bajarishdagi kamchiliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rish yuzasidan takliflar kiritadi;
    • o‘z majmuasidagi boshqarma va tashkilotlar faoliyatiga tegishli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkillashtiradi va nazoratini amalga oshiradi;
    • fuqarolarni shaxsan qabul qiladi hamda fuqarolar (jismoniy va yurdik shaxslar)ning murojaatlarini qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
    • vazirlik markaziy apparati va tizimida fuqarolar (jismoniy va yurdik shaxslar)ning murojaatlarini qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqilishini umumiy nazorat qiladi;
    • foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishini ta’minlaydi;
    • ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi;
    • o‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in va boshqa xavfsizlik talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi;
    • o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli, to‘liq hajmda va samarali bajarilishi hamda tasdiqlagan (imzolagan) hujjatlarini qonun hujjatlariga mos (muvofiq) bo‘lishiga shaxsan javob beradi;
    • qonun hujjatlari, ijro va mehnat intizomi hamda qonun hujjatlariga asosan belgilangan boshqa tartib-qoidalarga qat’iy rioya qiladi hamda ushbularga mutassaddiligidagi boshqarma va tashkilotlarda qat’iy rioya qilinishini nazorat qiladi;
    • vazirning qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan buyruq, farmoyish, topshiriq va boshqa ko‘rsatmalarini bajaradi.


    ALIEV MURODJON BOKIEVICH

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining sport ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
    • Qabul kuni: har chorshanba kuni soat 14.00dan 16.00gacha
    • Email: m.aliev[at]mcs.uz
    • Telefon: 2398843
    • Faks: 2398843
    • Aliev Murodjon Bokievich 1970 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.
    • Oilali. Uch farzandning otasi.
    • 1998 yil O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.
    • 1991-2002 yy. - Toshkent shahar "Paxtakor" futbol klubi futbolchisi.
    • 2003-2004 yy. - Futbol bo‘yicha respublika oliy mahorat maktabi murabbiyi.
    • 2004-2005 yy. - Futbol bo‘yicha respublika oliy mahorati maktabi direktori.
    • 2005-2014 yy. - Respublika olimpiya zaxiralari kolleji direktori.
    • 2014 yildan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining sport ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

    Vazirning sport ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari:

    • Ommaviy sportni rivojlantirish va ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishni tashkil etish boshqarmasi, Olimpiya va sport zahiralari boshqarmasi, Sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktablari, federatsiyalar, assotsiatsiyalar, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, Olimpiya zahiralari respublika maktablari, Olimpiya zahiralari kollejlari, Sportning suv turlarini rivojlantirish respublika ixtisoslashtirilgan markazi, Olimpiya shon-shuhrati muzeyi, "Sport” gazetasi tahririyati ishini muvofiqlashtiradi hamda ularda ishning samarali tashkil etilishi, mehnat va ijro intizomlariga amal qilinishini nazorat qiladi;
    • sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda, jismonan sog‘lom, ma’naviy jihatdan boy va uyg‘un kamol topgan shaxslarni tarbiyalash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
    • jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, aholini, birinchi navbatda yoshlar va bolalarni sport bilan shug‘ullanish zarurligini anglash ruhida tarbiyalash, ularga sog‘lom turmush tarzi va sportga muhabbat ishtiyoqini singdirish, yoshlarni mehnatga va respublika Qurolli Kuchlarida xizmat qilishga tayyorlashni tashkil qiladi;
    • Olimpiya o‘yinlarida, jahon va Osiyo qit’asi chempionatlarida, xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qiladigan va yuqori sport natijalariga erisha oladigan yuksak mahoratli sportchilarni tayyorlash uchun olimpiya zahirasi muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, jumladan, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi;
    • respublikada bolalar sporti harakatini rivojlantirishga ko‘maklashadi; 
    • «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» uzluksiz sport musobaqalarining uch bosqichli tizimini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; 
    • milliy sport turlari bo‘yicha xalq o‘yinlari, musobaqalar tashkil qiladi va o‘tkazadi; 
    • turar joylar va mahallalarda aholini jismoniy jihatdan tarbiyalashni tashkil qilishda, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini o‘tkazishda davlat va jamoat tashkilotlari, o‘quv yurtlari, mahalliy hokimiyat organlari bilan faol hamkorlik qiladi va ularga ko‘maklashadi;
    • qonun hujjatlariga muvofiq davlatlararo va xalqaro sport aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, konferentsiyalar, ko‘rgazmalar va sport musobaqalari o‘tkazish, sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish ishlarini tashkil qiladi;
    • sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, ob’ektlari va inshootlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan eng yuqori darajada to‘liq va samarali foydalanishni ta’minlash choralarini ko‘radi;
    • sport sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarini, o‘quv yurtlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
    • ommaviy jismoniy tarbiya va sport, ommabop sport dasturlarini keng targ‘ib qilish, shuningdek sport sohasida ommabop adabiyotlarni chop etish hamda video va kino materiallar chiqarishni tashkil qiladi;
    • vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning sport sohasidagi ishlarini qonun hujjatlariga asosan muvofiqlashtiradi;
    • sport sohasida hamkorlik bo‘yicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqish, qabul qilingan xalqaro bitimlarning bajarilishini ta’minlashda qatnashadi;
    • mamlakatimiz ta’lim muassasalarida dars berish uchun respublika va xorijiy mamlakatlarning taniqli sport arboblarini, etakchi mutaxassis pedagoglarini qonun hujjatlariga muvofiq taklif qilish chorasini ko‘radi;
    • mamlakatda sport turlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; 
    • O‘zbekiston terma jamoalari sportchilari va a’zolarini sport inventarlari, jihozlari, kiyim-kechak va poyabzal bilan ta’minlanishini tashkil qiladi; 
    • respublikada sportni rivojlantirishning holati monitoringini amalga oshiradi, mamlakatda ularni rivojlantirishga doir har yillik prognozlarni shakllantiradi;
    • sport sohasidagi jahon ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari, xorijiy mamlakatlardagi sportni rivojlantirishning ilg‘or tajribalarini o‘rganishni, ushbu tajribalarni tarmoqda joriy etilishini ta’minlaydi;
    • manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda sport sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlanishi, tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etilishini tashkil qiladi va bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtiradi;
    • sport bo‘yicha o‘quv dasturlari, qo‘llanmalari va boshqa ilmiy-metodik adabiyotlarni yaratilishida ishtirok etadi, shuningdek ularni belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil qiladi;
    • sportni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni, sport sohasiga taalluqli dasturiy-metodik va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqilishini tashkil qiladi;
    • davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda sport arboblarini, shu jumladan sportchilarni, trenerlarni, sport faxriylarini va boshqa mutaxassislarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;
    • O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va boshqa jamoat sport tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi; 
    • O‘zbekistondagi sportning milliy turlarini va xalq o‘yinlarini rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashadi, mamlakatda va chet ellarda sportning milliy turlari bo‘yicha musobaqalar, xalq o‘yinlari bo‘yicha ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va moliyalashtirilishini, shuningdek xalqaro sport maydonlarida sportning milliy turlari targ‘ib qilinishi va rivojlantirilishini belgilangan tartibda ta’minlaydi; 
    • xalqaro va respublika ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilishini, sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislar ta’minotini, sportchilarni, mamlakat terma jamoalarini tayyorlashni va ularning Olimpiada va Osiyo o‘yinlarida, jahon, Osiyo chempionatlari, kuboklari va birinchiliklarida hamda boshqa xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishini, xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari to‘lanishini belgilangan tartibda ta’minlaydi; 
    • respublika sportchilari tomonidan sport turlari bo‘yicha o‘rnatilgan mamlakat rekordlarini tasdiqlash bo‘yicha taklif kiritadi va ularni tasdiqlash uchun tegishli hujjatlarni xalqaro sport tashkilotlariga belgilangan tartibda taqdim etadi; 
    • sport federatsiyalarining taqdimnomasi bo‘yicha davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan xalqaro ommaviy sport tadbirlarida sportning alohida turlari bo‘yicha qatnashadigan mamlakat sportchilari, terma jamoalarini qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanishini tashkil qiladi va ularning ishtirok etishini ta’minlaydi;
    • aholining keng qatlamlari o‘rtasida ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda mamlakatning davlat va jamoat tashkilotlariga ko‘maklashadi;
    • mutasaddiligidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda va ularni axborot bilan ta’minlashda, maslahat berish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda hamda boshqa yordam turlarini ko‘rsatishda ularga ko‘maklashadi;
    • jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirilishini nazorat qiladi;
    • qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro sport aloqalarini amalga oshirish va rivojlantirish choralarini ko‘radi;
    • vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilish monitoringini olib boradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
    • mutasaddiligidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda va ularni axborot bilan ta’minlashda, maslahat berish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda hamda boshqa yordam turlarini ko‘rsatishda ularga ko‘maklashadi;
    • mutasaddiligidagi boshqarma va tashkilotlarning ish rejalarining bajarilishini nazorat qiladi hamda ularning faoliyati bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqadi, ularni kadrlar bilan mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish hamda xizmat vazifasini bajarishdagi kamchiliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rish yuzasidan takliflar kiritadi;
    • o‘z majmuasidagi boshqarma va tashkilotlar faoliyatiga tegishli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkillashtiradi va nazoratini amalga oshiradi;
    • fuqarolarni shaxsan qabul qiladi hamda fuqarolar (jismoniy va yurdik shaxslar)ning murojaatlarini qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
    • vazirlik markaziy apparati va tizimida axborot kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish masalasini umumiy nazorat qiladi;
    • foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishini ta’minlaydi;
    • ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi;
    • o‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in va boshqa xavfsizlik talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi;
    • o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli, to‘liq hajmda va samarali bajarilishi hamda tasdiqlagan (imzolagan) hujjatlarini qonun hujjatlariga mos (muvofiq) bo‘lishiga shaxsan javob beradi;
    • qonun hujjatlari, ijro va mehnat intizomi hamda qonun hujjatlariga asosan belgilangan boshqa tartib-qoidalarga qat’iy rioya qiladi hamda ushbularga mutassaddiligidagi boshqarma va tashkilotlarda qat’iy rioya qilinishini nazorat qiladi;
    • vazirning qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan buyruq, farmoyish, topshiriq va boshqa ko‘rsatmalarini bajaradi.


    MIRZORAXIMOV ABBOSJON SHODMONOVICH

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari

    • Qabul kuni: har payshanba kuni soat 14.00dan 16.00gacha
    • Email: ministry[at]mcs.uz
    • Telefon: 2398360
    • Faks: 2398360

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 yanvardagi PQ-2481-sonli qaroriga muvofiq Madaniyat va sport ishlari vaziri orinbosari lavozimiga Mirzorahimov Abbosjon Shodmonovich tayinlandi.

    Mirzorahimov Abbosjon Shodmonovich vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishidan avval Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot resurs markazlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

    U 1997-2001 yillar Termiz davlat universiteti (bakalavr), 2001-2003 yillar O‘zbekiston Milliy universiteti (magistr), 2006 yil O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti (aspirantura), 2011-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan. Tarix fanlari nomzodi.

    Vazir o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar va axborot-resurs markazlari boshqarmasi, Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi, Badiiy ekspertiza boshqarmasi, "O‘zbekmuzey" respublika jamg‘armasi, Respublika muzeylari, "Moziydan sado” jurnali tahririyati, Ko‘zi ojizlar uchun kutubxonalar ishini muvofiqlashtiradi, ularda ishning samarali tashkil etilishi, mehnat va ijro intizomlariga amal qilinishini nazorat qiladi.

     

    Vazir o‘rinbosari:

    • Ma’naviy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot-resurs markazlari boshqarmasi, "O‘zbekmuzey” respublika jamg‘armasi, respublika muzeylari, Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi, Badiiy ekspertiza boshqarmasi, Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi, respublika madaniy-ma’rifiy muassasalari (xususan, madaniyat va istirohat bog‘lari, madaniyat va aholi dam olish markazlari) ishini muvofiqlashtiradi hamda ularda ishning samarali tashkil etilishi, mehnat va ijro intizomlariga amal qilinishini nazorat qiladi;
    • xalqning boy madaniy merosini qayta tiklash, asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyatini, xalq an’analari va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
    • milliy istiqlol g‘oyasidan, O‘zbekiston xalqining madaniy va ma’naviy-axloqiy an’analaridan kelib chiqqan holda aholi o‘rtasida madaniy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, odamlarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish choralarini ko‘radi;
    • qonun hujjatlariga muvofiq davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, konferentsiyalar, ko‘rgazmalar o‘tkazish, madaniyat, san’at sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish ishlarini tashkil qiladi;
    • madaniy-ma’rifiy muassasalari, ob’ektlari va inshootlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan eng yuqori darajada to‘liq va samarali foydalanishni ta’minlash choralarini ko‘radi;
    • qonun hujjatlariga muvofiq madaniyat sohasida hamkorlik bo‘yicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqish, qabul qilingan xalqaro bitimlarning bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘radi;
    • muzeylarda milliy mustaqillik g‘oyalariga hamohang bo‘lgan, o‘zbek xalqining boy madaniy merosini, uning insoniyat tarixidagi roli va ahamiyatini, uning rivojlanish bosqichlarini haqqoniy aks ettiruvchi ekspozitsiyalarning tashkil etilishini, shuningdek zamonaviy rivojlanish istiqbollarini chuqur o‘rganishni, muzeyshunoslik, muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogini yuritish bo‘yicha umummilliy siyosatning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
    • respublika aholisini O‘zbekiston xalqlari tarixi to‘g‘risida xabardor qiluvchi chet ellarda saqlanayotgan qadimiy buyumlar, shuningdek mamlakatimiz muzeylarida namoyish qilinayotgan noyob eksponatlar bilan keng tanishtirish vositasida odamlarda umuminsoniy qadriyatlarni, boy milliy madaniy merosni hurmat qilish va e’tirof etish tuyg‘usini tarbiyalashga ko‘maklashadi;
    • madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirilishini tashkil qiladi;
    • madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, qo‘riqlash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
    • madaniy meros ob’ektlarini ta’mirlash, konservatsiya, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat dasturlarining amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi;
    • madaniy meros ob’ektlarini aniqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, muhofaza qilish, targ‘ib etish va ulardan foydalanishni ta’minlaydi;
    • madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastrini yuritish, ularni tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qilish ishlarini nazorat qiladi;
    • madaniy qimmatga ega bo‘lgan buyumlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda klassifikatsiyasini aniqlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
    • qonunchilikka muvofiq madaniy boyliklarning chetga vaqtinchalik olib chiqib ketilishi to‘g‘risida qarorlar qabul qilinishini tashkil qiladi;
    • o‘rnatilgan tartibda chetga olib chiqib ketiladigan va chetdan olib kelinadigan, shuningdek vaqtinchalik olib chiqib ketiladigan va vaqtinchalik olib kelinadigan madaniy boyliklarni ro‘yxatdan o‘tkazilish bilan bog‘liq ishlarni tashkil qilinishini nazorat qiladi;
    • chetga olib chiqib ketiladigan, vaqtinchalik olib chiqib ketiladigan, shuningdek vaqtinchalik olib chiqib ketilgandan keyin qaytarib olib kelingan madaniy boyliklarning ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlanishini nazorat qiladi;
    • o‘rnatilgan tartibda madaniy boyliklarni chetga olib chiqib ketish va vaqtinchalik olib chiqib ketish huquqiga sertifikatlar berilishini tashkil qilinishini nazorat qiladi; 
    • tutib qolingan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda musodara qilingan madaniy boyliklarni davlat tegishli organlaridan qabul qilib olinishini, ularni ekspertizadan o‘tkazilishi va ulardan foydalanish tartibini belgilanish ishlarini nazoart qiladi;
    • manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda mutasaddiligidagi tashkilotlarning madaniyat sohasiga oid ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishiga, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar olib borilishini muvofiqlashtiradi;
    • mutasaddiligidagi tashkilotlarni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni, sohaga taalluqli dasturiy-metodik va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil qiladi, ularning to‘g‘ri bajarilishini ta’minlaydi;
    • ko‘zi ojizlar kutubxonalari, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, muzeylar va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarni xatlovdan o‘tkazilishini tashkil qiladi hamda ularni samarali faoliyat olib borishini ta’minlaydi;
    • muzey fondlarini va asarlar ko‘rgazmalarini asrash, inventarizatsiyadan o‘tkazish, to‘ldirish uchun tarixiy-badiiy qimmatga ega bo‘lgan tasviriy va dekorativ-amaliy san’at asarlari hamda materiallarini, noyob qadimiy buyumlarni aniqlash va o‘rnatilgan tartibda sotib olish, muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogini nashr etish ishlarini muvofiqlashtiradi;
    • vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilish monitoringini olib boradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
    • mutasaddiligidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda va ularni axborot bilan ta’minlashda, maslahat berish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda hamda boshqa yordam turlarini ko‘rsatishda ularga ko‘maklashadi;
    • mutasaddiligidagi boshqarma va tashkilotlarning ish rejalarining bajarilishini hamda ularning faoliyati bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqadi, ularni kadrlar bilan mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish hamda xizmat vazifasini bajarishdagi kamchiliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rish yuzasidan takliflar kiritadi;
    • o‘z majmuasidagi boshqarma va tashkilotlar faoliyatiga tegishli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkillashtiradi va nazoratini amalga oshiradi;
    • fuqarolarni shaxsan qabul qiladi hamda fuqarolar (jismoniy va yurdik shaxslar)ning murojaatlarini qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
    • foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishini ta’minlaydi;
    • ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish choralarini ko‘radi;
    • o‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in va boshqa xavfsizlik talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi;
    • o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli, to‘liq hajmda va samarali bajarilishi hamda tasdiqlagan (imzolagan) hujjatlarini qonun hujjatlariga mos (muvofiq) bo‘lishiga shaxsan javob beradi;
    • qonun hujjatlari, ijro va mehnat intizomi hamda qonun hujjatlariga asosan belgilangan boshqa tartib-qoidalarga qat’iy rioya qiladi hamda ushbularga mutassaddiligidagi boshqarma va tashkilotlarda qat’iy rioya qilinishini nazorat qiladi;
    • vazirning qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan buyruq, farmoyish, topshiriq va boshqa ko‘rsatmalarini bajaradi.

     


    Djuraev Farxod O`ktamovich

    O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri o'rinbosari - "O`zbeknavo" estrada birlashmasi Bosh direktori
    • Qabul kunlari: Seshanba va Juma soat 14-00dan 16-00 ga qadar
    • Email: ministry[at]mcs.uz
    • Telefon: 2398360
    • Faks: 2398360
    1964 yil Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida tug‘ilgan. 1991 yili Samarqand davlat universitetini, 2003 yili Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan.
    2015 yil 4 dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari - "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi Bosh direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

     


     

     

    Vazir o‘rinbosari - Bosh direktor xizmat vazifalari:

    • O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, Qaror va Farmoyishlari, Hukumat Qarorlari, Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi qarorlari hamda Birlashma Nizomi asosida "O‘zbeknavo” estrada birlashmasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni olib boradi;
    • Birlashma oldiga qo‘yilgan masalalarni hal qilishda g‘oyaviy yo‘naltirishni ta’minlash;
    • boshqarmalar rahbarlari hamda hududiy bo‘linmalar tomonidan ishlab chiqilgan gastrol-konsert faoliyati, tanlovlar, festivallar, madaniyat kunlari, xalq sayllari va boshqa turdagi ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazish rejalarini tasdiqlash;
    • Birlashmani istiqbolli rivojlantirish yo‘llarini belgilash va uni Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashiga havola qilish;
    • Birlashmaning moliyaviy-xo‘jalik ishlarini tashkil etish;
    • Birlashmani malakali xodimlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, ularni bilimi va tajribalariga qarab tegishli lavozimlarga tayinlash;
    • xodimlarning malakasini oshirish uchun kerakli sharoitlarni yaratish;
    • rahbarlikning iqtisodiy-ma’muriy uslublari uyg‘unligini, birlashma ijodiy ishlab chiqarish faoliyatidagi ma’naviy va moddiy imkoniyatlar rivojini ta’minlash;
    • yosh iste’dodlarni izlab topish, ularni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodini targ‘ib qilishni yo‘lga qo‘yish;
    • Estrada san’atini rivojlantirish muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya, seminar hamda davra suhbatlari o‘tkazilishini tashkil etish;
    • Birlashma Nizomi asosida xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish;
    • Hududiy bo‘linmalarning yillik smeta-xarajatlarini tasdiqlash;
    • Mahalliy hokimliklar bilan kelishgan holda, hududiy bo‘linmalar direktorlarini tayinlash va vazifasidan ozod etish;
    • Bosh direktor o‘rinbosarlari, kadrlar bo‘limi, Boshqarma boshliqlari, hududiy bo‘linmalar direktorlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish vazifalarini amalga oshiradi.
    • a’naviy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot-resurs markazlari boshqarmasi, "O‘zbekmuzey” respublika jamg‘armasi, respublika muzeylari, Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi, Badiiy ekspertiza boshqarmasi, Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi, respublika madaniy-ma’rifiy muassasalari (xususan, madaniyat va istirohat bog‘lari, madaniyat va aholi dam olish markazlari) ishini muvofiqlashtiradi hamda ularda ishning samarali tashkil etilishi, mehnat va ijro intizomlariga amal qilinishini nazorat qiladi.

     

    O'qiganlar soni: 34705

Manzilimiz


Yuridik va jismoniy shaxslardan ariza, shikoyat va murojaatlarni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida tеlеfon aloqa tizimi to’g’risida
NIZOM-RЕGLAMЕNT

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom tеlеfon aloqa tizimi orqali (kеyinchalik – "ishonch tеlеfoni”) yuridik va jismoniy shaxslardan arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ko’rib chiqish tartibini bеlgilaydi.
2. "Ishonch tеlеfoni”ni tashkillashtirishning asosiy maqsadi yuridik va jismoniy shaxslardan o’rnatilgan tartibda murojaatlarni olish, umumlashtirish va ko’rib chiqishdir:
kombinat mansabdor shaxslari tomonidan noqonuniy harakat (harakatsizlik)lari; kombinatning normativ va lokal dalolatnomalarining yuridik va jismoniy shaxslarning
faoliyatiga salbiy ta'siri, shuningdеk boshqa masalalar.
3. "Ishonch tеlеfoni” orqali quyidagilar qabul qilinadi:
Arizalar – ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimoslari;
Shikoyatlar – poymol qilingan qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarini tiklash to’g’risidagi talablar;
Boshqa murojaatlar.
4. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlar mas’ul shaxs tomonidan soat 09-00 dan 13-00 gacha va 14-00 dan 18-00 gacha dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) qabul qilinadi.
5. Takliflardan iborat murojaatlar tushgan kundan boshlab bir oy davomida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishlarni talab qiladigan takliflar bundan istisno.
6. Ariza va shikoyatlar tushgan kundan bir oy muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganish va tеkshiruvlarni talab qilmaydigan murojaatlar esa – o’n bеsh kundan kеchikmagan xolda.
Ariza va shikoyatni ko’rib chiqish uchun tеkshiruv, qo’shimcha matеriallarni talab qilish yoki boshqa choralarni qabul qilishni o’tkazilishi zarur bo’lgan xolatlarda arizalarni yoki shikoyatlarni ko’rib chiqish muddatlari istisno tartibda shikoyat bеrgan shaxsni habardor qilgan xolda bosh dirеktor tomonidan bir oydan oshmagan xolda uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki.

I. ”ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHAЕTGAN MUROJAATLARNI QABUL QILISH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

7. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat tegishli tеlеfon raqami orqali amalga oshiriladi.
8. "Ishonch tеlеfoni” orqali tеlеfon qo’ng’iroqlariga mas’ul shaxs javob
bеrayotganda:
FIOni aytishi;
anonim murojaatlar; jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda; qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar ko’rib chiqilmasligini ma’lum qilishi;
qo’ng’iroq qiluvchiga mazkur nizomning 12 bandida ko’rsatilgan ma'lumotlar haqida aytib o’tishi lozim.
9. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushayotgan murojaatlarni yig’ish va ishlov bеrish uchun tеlеfonda gaplashgan gaplarni yozib olish funktsiyasi bilan jihozlangan tеlеfon apparatlar ishlatiladi.
10. Barcha murojaatlar elеktron tashuvchiga yoziladi va bir yil davomida saqlanadi.
11. "Ishonch tеlеfoni” orqali murojaat etganda yuridik va jismoniy shaxslar o’zining familiyasini, ismini otasining ismini, yashash manzili to’g’risida, nomini, yuridik shaxsining ular taqdim etadigan STIR, javobi yuborilishi lozim bo’lgan pochta manzili, aloqa uchun tеlеfon raqamini aytishlari shart, shuningdеk murojaatning mazmunini bayon etishlari lozim.
12. "Ishonch tеlеfon” orqali tushgan murojaatlar, bosh dirеktor yordamchisi tomonidan umumlashtiriladi va mazkur Nizomning 1-ilovasiga ko’ra shakli bo’yicha "ishonch tеlеfoni” orqali murojaatlarni qayd etish jurnalida ro’yxatga olinadi, va arizalarni, shikoyatlarni va boshqa murojaatlarni ko’rib chiqish bo’yicha komissiyasiga (kеyinchalik - Komissiya) kiritiladi.
13. Murojaatda mazkur Nizomning 12 bandida qayd etilgan ma'lumotlar ko’rsatilmaganda, ular ro’yxatga olinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.
14. Qabul qilingan murojaat bo’yicha bosh dirеktor yordamchisi usha kuniyoq mazkur Nizomning 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha "nazorat kartochkani” to’ldiradi.
Mazkur Nizomning 12 bandida nazarda tutilgan xolatlarda nazorat kartochkasi to’ldirilmaydi.

III. "ISHONCH TЕLЕFONI” ORQALI TUSHGAN MUROJAATLARNI KO’RIB CHIQISH TARTIBI

15. "Ishonch tеlеfoni” orqali tushgan murojaatlar Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.
Zarur xollarda murojaatda ko’rsatilgan xolatlar murojaat qiluvchini jalb etilishi bilan joylarga chiqqan xolda o’rganib chiqilishi mumkin.
16. Mas’ul shaxs murojaat ko’rib chiqilishi natijalari bo’yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishga majbur.
17. Agarda kombinatning mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari bo’yicha murojaat tushsa, mazkur murojaatlarni ko’rib chiqilishi bеvosita mazkur shaxslarga yuklanishi taqiqlanadi.
18. "Ishonch tеlеfoni” orqali kombinat rahbariyatining vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo’yicha murojaat tushganda Komissiya tomonidan o’rnatilgan tartibda tеgishli tashkilotlarga murojaat etilishi bo’yicha tushuntirish va tavsiyalar bеriladi.
19. Komissiya murojaatni ko’rib chiqqandan so’ng, murojaat etuvchiga yozma shaklda ko’rib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmuni to’g’risida habardor qiladi.
20. Bosh dirеktor yordomchisi o’rnatilgan tartibda umumlashtirilgan arizalarni, takliflarni va shikoyatlarni jismoniy va yuridik shaxslarni qonuniy huquq, erkinliklari va manfaatlarni buzilishini kеltirib chiqarayotgan sabablarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish maqsadida taxlil qiladi.

IV. YAKUNIY QOIDALAR

21. "Ishonch tеlеfoni” orqali olingan ma'lumot bilan ishlayotgan shaxslar, olingan ma'lumotlar mahfiyligiga rioya qilish uchun qonunchilikka muvofiq shaxsiy javobgardirlar.
22. Mazkur Nizomni buzilishida ayblangan shaxslar, qonunchilikka muvofiq javobgardirlar.
 ishonch telefoni madaniyat va sport sohalari xizmatlari sifatli ko‘rsatilish darajasini muntazam nazorat qilish, sifatini yanada oshirish, madaniyat va sport tizimi xodimlarining nojo‘ya harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ishonch telefoni joriy etildi.

Manzil:  100159, O'zbekiston, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5 uy

Ish vaqti: Dushanbadan - Jumagacha, soat 9.00 dan - 18.00 gacha

Mo'ljal: Mustaqillik maydoni, "Mustaqillik” metro bekati

Transport: "Mustaqillik” metro bekati, №97-, №57-, №37-, №44-, №155-, №148-, №28-sonli avtobuslar va 8-,129-sonli yo’nalish taksilari

Xarita
Qabulxona:

Telefon: (998-71) 239-83-31

Faks: (998-71) 239-47-86

E-mail: minister[@]mcs.uz


Matbuot xizmati:

Telefon: (998-71) 239-44-78

Faks: (998-71) 239-44-78

E-mail: press[@]mcs.uz, info[@]mcs.uz



Arxiv:
«    Январь 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
2005-2010 © O’zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan.
Saytda joylаshtirilgаn mа’lumotlаrdаn nusxа olish (ommаviy аxborot vositаlаridа u yoki bu mа’lumotlаrdаn yoki xаbаrlаrdаn sitаtа keltirish) ushbu mа’lumotning mаnbаi ko‘rsаtilgаn holdа ruxsаt etilаdi.
Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni